O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Transport vositasini olib qochgan shaxs qo’lga olindi

2018 yil 4 noyabrdan 5 noyabrga o’tar kechasi, noma’lum shaxs Namangan viloyati Chust shahri hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro R.A.ga tegishli “IJ-21251” rusumli avtomashinaning eshiklari ochiq qolganidan foydalanib, olib qochgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro A.F. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech