O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Transport vositasini olib qochgan shaxs ushlandi.

Toshkent viloyati. 2019 yilning 16 dekabr' kunidan 17 dekabr' kuniga o‘tar kechasi, taxminan soat 01:30 larda, noma'lum shaxs Chirchiq shahar Transformatorchilar ko‘chasida fuqaro 43 yoshli S.R. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Nexia-3” rusumli avtomashinasini noma'lum tomonga olib qochgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu avtomashina YTHga uchragan holatda, “Toshkent-Chimyon” yo‘lining Chirchiq shahridagi “Arancha” qo‘rg‘onidan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 26 yoshli A.X. sodir etganligi aniqlanib, 2020 yilning 12 yanvar' kuni prosessual tartibda ushlangan va JKning 267-moddasi 2-qismi “a,g” bandlari bilan ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech