O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Olib qochilgan “Nexia” avtomashinasi ariqdan topildi

Andijon. 2020 yilning 1 sentyabr kuni soat 01:00 da nomaʼlum shaxs Bo‘ston tumani Guzar MFY A.Navoiy ko‘chasida yashovchi 46 yoshli D.X., ga tegishli bo‘lgan va uning yashash xonadoni darvozasi yonida turgan “Nexia” rusumli avtomashinasini olib qochib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘ston tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shu kuni soat 10:00 da olib qochilgan transport vositasi YTH sodir qilgan holatda Bo‘ston tumani Navro‘z MFY Nurafshon ko‘chasi o‘ramidan oqib o‘tgan “Navro‘z arig‘i”dan topilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, mazkur jinoyatni 24 yoshli O.X., sodir etganligi aniqlanib, u jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech