O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qarovsiz qoldirilgan avtomashina olib qochildi

2018 yil 28 oktyabr kuni soat taxminan 21:30da, noma’lum shaxs Samarqand shahri hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro X.B.ga tegishli “Kobalt” rusumli avtomashinaning eshiklari ochiq qolganidan foydalanib, olib qochgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro T.F. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech