O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Аvtomashinani olib qochib, YTH sodir etgan “shunqor” shifoxonaga tushib qoldi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 18 aprelь kuni soat 22:30 da 29 yoshli J.Z., fuqaro 25 yoshli D.O., ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinasini Zangiota tumani Harakat mahallasidagi savdo doʼkoni oldida kaliti bilan ochiq holatda qoldirib ketganligidan foydalanib, avtomashinani olib qochib, Tarnov mahallasi tomonga haydab ketgan va boshqaruvni yoʼqotib yoʼnalishi boʼyicha yoʼlning oʼng tomonida toʼxtab turgan “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasi bilan toʼqnashuv sodir etgan.

Natijada J.Z., tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech