O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O'zaro janjal tufayli kuyoviga pichoq urdi

2018 yil 11 sentyabr kuni fuqaro M.S. Namangan viloyati Chortoq tumanida joylashgan “Soraxon aya” oshxonasi oldida kuyovi M.A. bilan o'rtalarida o'zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, uning qorin sohasiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada M.A. kasalxonaga yotqizilgan. M.S. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech