O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tanishiga pichoq urdi

2018 yil 30 oktyabr kuni soat taxminan 16:00da, fuqaro N.G’. Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumanida joylashgan savdo do’koni oldida tanishi T.S. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada T.S. kasalxonaga yotqizilgan. N.G’. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech