O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

G‘isht bilan berilgan zarba

Farg‘ona. 2020 yilning 08 sentyabr kuni soat 08:30 da yuk avtomashina haydovchisi 26 yoshli R.I. Uchko‘prik tuman To‘qsonqovun qishlog‘ida joylashgan MCHJga qarashli g‘isht zavodi hududida tanishi 26 yoshli M.T. bilan g‘isht ortish navbati bo‘yicha o‘zaro janjallashganliklari oqibatida R.I. qo‘lida bo‘lgan g‘isht bilan M.T., ning bosh qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada M.T. bosh sohasi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
104-moddasi 1-qismi (badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. R.I. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 O‘zbeksiton Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech