O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

G‘allaorollik o‘qituvchi “MTM” mudirasidan ta'magirlik qildi

Jizzax. 2020 yilning 08 may kuni G‘allaorol tumanida yashovchi 41 yoshli N.A., (ayol) G‘allaorol tumani IIB ga ariza bilan murojaat qilib, arizasida G‘allaorol tumanidagi maktabgacha ta'lim muassasa mudirasi bo‘lib ishlab kelishini, karantin davrida xodimlarini shanbalik qilib ishlatganligi holati yuzasidan, qo‘l ostida musiqa fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlovchi 38 yoshli L.A. ustidan qilgan shikoyat arizasini qaytarib olishi evaziga 5.000.000 so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilganligi uchun L.A., ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida N.A., 2020 yil 11 may kuni L.A., ning plastik karta hisob raqamiga 3.000.000 so‘m pullarni o‘tkazib berganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan N.A., 2020 yil 11 may kuni L.A., ning plastik kartasiga 3.000.000 so‘m pul o‘tkazilganligini tasdiqlovchi chek hujjatlashtirib olinib hamda ashyoviy dalil deb topilgan.

Mudira N.A. xatti-harakatlari yuzasidan tekshirish ishlari olib borilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech