O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O’z kuyovining umriga zomin bo’ldi

2018 yil 19 dekabr kuni soat taxminan 01:05da, Toshkent viloyat Toshkent tumanida yashovchi ruhiy kasal fuqaro M.B. o’z uyida kuyovi X.A. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning qorin qismiga o’roq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada X.A. kasalxonaga yotqizilib, ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. M.B. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech