O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

«Tungi bosqinchilar» qamoqqa olindi

Samarqand viloyati. 2023 yil 14 yanvar kuni soat 00:05dan 00:23ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida ikki nafar nomaʼlum shaxslar o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida yuzlariga qora rangli matodan niqob taqib, Bulung‘ur tumanida joylashgan xorijiy korxonaning maʼmuriy binosiga derazani buzish orqali kirishib, bino ichida bo‘lgan tesha hamda yog‘och bo‘lagi bilan qurollangan holda Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari Ya.X. va D.Y.larni hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, binodagi sumkadan 2600 AQSH dollari, jami bahosi 4000 AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 dona tilla uzuk, 1 dona tilla zanjir va 1 dona ayollar qo‘l zanjirini, yotoqxona tumbasida bo‘lgan bahosi 2.670.000 so‘mlik “ OPPO A-74” rusumli telefon apparatini, 1200 AQSH dollari hamda ichida 10.000.000 so‘m pullari bo‘lgan bir dona temir seyfni va “UAZ pikap” rusumli avtomashina kalitini olib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddaning 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Bulung‘ur tumanida yashovchi 26 yoshli Sh.Sh., 24 yoshli R.S. va Sayxunobod tumanida yashovchi Sh.Sh. lar sodir etganligi aniqlanib, ulardan jami 500 AQSH dollari, 1.000.000 so‘m pullar, “OPPO A-74” rusumli telefon apparati, “UAZ pikap” rusumli avtomashina kalitini, bir juft qora rangli qo‘lqop, bir dona qora rangli shapkalar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olinib, ular O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 3-qismi “b,v” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech