O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sil kasalliklari shifoxonasida jinoyat sodir etildi

2018 yil 20 noyabr kuni soat taxminan 02:00da, fuqaro E.V. Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 1-sonli sil kasalliklari shifoxonasida bo’la turib, fuqaro B.V. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning boshiga stul bilan bir necha marotaba bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada B.V. shifoxonaning jonlantirish bo’limiga yotqizilgan. E.V. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech