O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Transport vositasi olib qochish sababi aniqlanmoqda...

Namangan viloyati. Joriy yilning 6 avgust kuni 21 yoshli M.S. Davlatobod tumani “Umid” MFY 5-kichik tumani hududida joylashgan “Yashil dehqon bozori” orqa tomonidagi ko‘chada ochiq va qarovsiz qoldirilgan 24 yoshli I.F., ga tegishli “Nexia-2” rusumli avtomashinasi kaliti o‘zida bulganligidan foydalanib, nomaʼlum tomonga olib qochgan.

Olib borilgan tezkor – qidiruv  harakatlari natijasida ushbu avtomashina boshqa bir fuqaro, yaʼni M.D., ning yashash xonadonida ekanligi aniqlanib, avtomashina ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan hamda jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.S., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishini sodir etilishi sabablari va ishtirokchilarning doirasini aniqlanishga qaratilgan tergov harakatlar olib borilmoqda va natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech