O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Futbol o‘yindagi tortishuvning ayanchli xotimasi

Surxondaryo: 2020 yilning 23 avgust kuni soat 20:45 da 16 yoshli voyaga yetmagan A.A., Qiziriq tumani “Istiqlol” mahallasida joylashgan kichik futbol o‘yingohida futbol o‘ynayotgan vaqti raqib jamoadagi 16 yoshli voyaga yetmagan I.X., bilan o‘zaro tortishib, yakkama-yakka urishish maqsadida, stadiondan tashqariga chiqib, janjalni davom ettirgan vaqtida, A.A., chap oyog‘i tizzasi bilan I.X.,ning old ko‘krak o‘rta sohasiga bir marta zarb bilan tepib tan jarohati yetkazgan.

Natijada voyaga yetmagan I.X., olgan tan jarohati oqibatida sog‘lig‘i yomonlashib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan A.A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech