O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Telegram”dagi shaxsiy suratlar jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘ldi

Toshkent viloyati. 2022 yil 10 oktyabr kuni Zangiota tumani Ziyo ko‘chasida yashovchi 28 yoshli U.N. (ayol) tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 16 oktyabr kuni o‘zini “Telegram” ijtimoiy tarmog‘i akkauntiga o‘ziga notanish bo‘lgan shaxs uning akkauntiga ruxsatsiz kirib, u uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan maʼlumotlarini oshkor qilishi bilan qo‘rqitib, undan 3.000 AQSH dollar pul talab qilayotganligini, shu sababli unga nisbatan qonuniy chora ko‘rib berishlikni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlari natijasida, ushbu jinoyatni Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida yashovchi 22 yoshli A.Z. (ayol) tomonidan sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Z.ga Zangitota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi

mayor T. Elbekov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech