O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tadbirkordan pul talab qilishni yangi usulini topgan tovlamachilar

Samarqand viloyati. 2022 yil 14 fevral kuni Paxtachi tuman Tadbirkor mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan 49 yoshli T.S. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yildan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelishi, Tadbirkorlar mahallasida yashovchi 67 yoshli A.K. va 63 yoshli Q.B.,lar unga tegishli bo‘lgan savdo do‘konlarini yuritishiga to‘sqinlik qilib, turli xil uydirmalar bilan yuqori turuvchi organlarga shikoyat qilib kelayotganligi, ulardan yuqori turuvchi organlarga nima sababdan shikoyat qilishliklari haqida so‘raganida Q.B. 1 mln 500 ming so‘m, A.K. esa 15 mln so‘m pullarni bergan taqdirda yuqori turuvchi organlarga uning tadbirkorlik faoliyati yuzasidan ariza bilan murojaat qilmasliklarini, uni tinch qo‘yishliklarini, pullarni bermagan taqdirida uning tadbirkorlik faoliyati yuzasidan yuqori turuvchi organlarga murojaat qilishdan to‘xtamasliklarini aytib, tovlamachilik yo‘li bilan, undan pul talab qilib kelayotganliklarini, shu sababli ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni soat 17:00 larda Paxtachi tuman IIB JQB hamda Samarqand viloyat Narpay tuman DXX bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida A.K. ariza muallifidan 15 mln so‘mga hisoblab 1500 AQSH dollari, Q.B. esa 100 AQSH dollari pullarini olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan Paxtachi tuman Tergov bo‘linmasi tomonidan A.K va Q.B.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda ular ish bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech