O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O’g’il o’z onasining pullarini o’g’irladi

2018 yil 10 oktyabr kuni soat taxminan 13:00da, noma'lum shaxs Jizzax viloyat Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro T.D.ning uyiga kalit tanlash yo'li bilan g’ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonadagi sandiqdan 6.930.000 so'm va 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

11 oktyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyat T.D.ning birga yashovchi o’g’li B.R. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, u ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech