O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryoda muqaddam giyohvandlik vositalarini sotish bilan shug‘ullanganligi uchun sudlangan og‘ufurush qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyati. 09.01.2023 yil soat 15:30 da, Surxondaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, muqaddam giyohvandlik vositalarini sotish bilan shug‘ullanganligi uchun sudlangan 39 yoshli X.X. Termiz shahar “Saxovat” mahallasi hududida tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan shaxsga, giyohvandlik vositasini 400.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtda, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tezkor tadbir davomida olingan to‘q malla rangli, o‘ziga xos hidli, qo‘l bilan ushlab ko‘rilganda yopishqoq plastilinsimon moddalar tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, bu modda “gashish” ekanligi va uning sof og‘irligi 1.08 grammga teng ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan X.Xga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qisimi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, u protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech