Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Suratlarni ochiqlamaslik evaziga 60.000 AQSH dollarini talab qildi

Toshkent shahri. 2021 yilning 21 may kuni soat 12:00 larda Yunusobod tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, 22 yoshli A.J. tanishi 21 yoshli A.O‘. bilan birgalikda unga oldindan tanish bo‘lgan 22 yoshli J.Sh.ning behayo suratlarini 2019 yildan buyon saqlab kelib, joriy yilning may oyi boshlarida “Telegram messenger” da “Limon” nomli sahifa ochib, J.Sh.ga behayo suratlarini yuborib, uni oila aʼzolariga sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, 60.000 AQSH dollarini berishini talab qilib, so‘ng 2.250 AQSH dollarga kelishib, A.O‘. Yunusobod tumani “Megaplanet” savdo markazi oldida J.Sh.dan 2.000 AQSH dollari va 3 000 000 so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir davomida, A.J.ning telefon apparati xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ushbu fuqaro muqaddam  26 yoshli R.Z., dan xam suratlarini tarqatmaslik evaziga 10.000.000 so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilganligi so‘ngra undan 6.000.000 so‘mni pochta orqali olishga erishilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech