O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bozorda sumka o‘g‘irlagan shaxs ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

2019 yilning 24 iyun kuni soat taxminan 21:00 da, fuqaro D.D. Nukus shahrida joylashgan “Markaziy dehqon bozori”dagi savdo rastasida turgan, fuqaro M.R.ga tegishli bo‘lgan ayollar sumkasini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.  

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov davrida D.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi tanlangan va dastlabki tergov ayblov xulosasini tuzish bilan tamomlanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining 19.09.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, fuqaro D.D. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech