O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Captiva” va traktor toʼqnashuvi oqibatida voyaga yetmagan bolakay olamdan koʼz yumdi

Surxondaryo. 2020 yil 03 may kuni soat 16:30 da Qumqoʼrgʼon tumani Аrslonboyli mahallasi hududidan oʼtuvchi 4K-596 avtomobilь yoʼlining 4-kilometrida 73 yoshli fuqaro B.Sh., “Captiva” rusumli avtoulovi bilan harakatlanib kelayotganida boshqaruvni yoʼqotib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan 34 yoshli fuqaro А.J.,ning boshqaruvidagi “T-28” rusumli Traktor yoʼliga chiqib ketib yoʼl transport hodisasini sodir etgan.

Oqibatda "T-28” rusumli Traktor yoʼlovchisi voyaga yetmagan 7-sinf oʼquvchisi 13 yoshli Sh.J., tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan va koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Sh.J., 07 may kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Qumqoʼrgʼon tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʼlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech