O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

«Spark» va «Zil» avtomashinalarining toʼqnashuvi, haydovchining oʼlimiga sabab boʼldi.

Qashqadaryo. 2020 yilning 20 aprel kuni soat 21:30 da 32 yoshli Sh.S., «Spark» rusumli avtomashinasini, “Koson-Muborak” yoʼnalishi boʼylab boshqarib ketyotib, А-380  yoʼlning 121 kilometrida qarama-qarshi yoʼlga chiqib ketib, shu yoʼnalishda harakatlanib kelayotgan 41 yoshli D.X., ning boshqaruvida boʼlgan «Zil» rusumli yuk avtomashinasiga urilib, yoʼl-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada «Spark» avtomashina haydovchisi Sh.S., hodisa joyida ogʼir tan jarohati olib vafot etgan.

Holat yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʼlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, amaldagi yoʼl harakati qoidalariga soʼzsiz rioya qilishingizni, transport vositasini boshqarishdan oldin, uning texnik holatini tekshirib va xushyor holda boshqarishingizni soʼraymiz.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech