O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Janjal o’limga sabab bo’ldi

2018 yil 9 dekabrdan 10 dekabrga o’tar kechasi, Namangan viloyat Namangan shahrida yashovchi fuqaro Dj.B. o’z uyida mast holatda bo’la turib, tanishi M.I. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning yuz va bosh qismlariga qo’llari bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada M.I. hodisa joyida vafot etgan. Dj.B. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech