O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tom ustidagi janjal ogʼir shikast yetkazish bilan yakunlandi

Toshkent viloyati. 2020 yil 10 sentyabrь kuni soat taxminan 07:30da Parkent tumani Changi qishlogʼida 63 yoshli M.Yu., Parkent tumanida yashovchi tanishi 61 yoshli Sh.E., ning yashash uyida tom yopish ishlarini olib borayotib, tom loʼmboz ustida turgan vaqtida oʼziga tanish boʼlgan 67 yoshli X.X.,ni uchratib qolib, M.Yu., X.X.,dan uyida ishlagan pullarini soʼraganligi sababli oʼzaro janjal kelib chiqishi natijasida X.X., loʼmboz ustida turgan yogʼoch boʼlagi(gʼoʼla)ni M.Yu.,ga otib yuborishi oqibatida M.Yu.,ni bosh qismiga tegib tan jarohati yetkazgan.

Natijada M.Yu., olgan tan jarohati bilan Parkent tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Tibbiyot birlashmasining birlamchi tibbiy maʼlumotnomasiga koʼra M.Yu.,ni “Bosh miya yopiq jarohati. Bosh miya ezilishi, ogʼir darajasi. Bosh miya oʼng yarim shariga qon quyilishi. Bosh miya komasi II-darajasi kabi tan jarohati olganligi koʼrsatib oʼtilgan.

Mazkur holat yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan X.X.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech