O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Аrzimagan ishni deb kelib chiqqan janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

Namangan. 2020 yilning 17 aprel kuni soat 12:00 da Norin tumanida yashovchi 21 yoshli M.K. oʼzining yashash uyida birga yashovchi amakisi 37 yoshli I.I. ga “yuvgan kiyimlaringni chiqindi suvlarini oʼzing tozalab qoʼy”-deb, u bilan janjallashib, qoʼlida boʼlgan xoʼjalik pichogʼi bilan koʼkrak qafasini orqa oʼng qismiga bir marotaba qasddan urib ogʼir tan jarohati yetkazgan.
Sud tibbiy ekspertizaning 24 aprel kungi xulosasiga koʼra hayot uchun xavfli boʼlgan ogʼir tan jarohatlari olganligi koʼrsatib oʼtilgan.

Holat yuzasidan Norin tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan (badanga kasddan ogʼir tan jarohatlari yetkazish) jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech