O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Spark” avtomashinasi 2 nafar ayollarni urib yubordi va ulardan biri vafot etdi

Samarqand. 2019 yil 22 dekabr kuni taxminan soat 23:30 larda haydovchi 30 yoshli A.Z., boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasini Jomboy tuman “Sarichashma” MFY hududidan o‘tuvchi 4R48 avtomobil yo‘lining 4 km.da “Eshimoqsoq- Jomboy” yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotgan vaqtida, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar 30 yoshli F.R. va Z.R.larni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada piyoda F.R., turli darajadagi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan, Z.R., esa og‘ir tan jaroxatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlаri olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech