O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Avtomashinadan o’g’rilik sodir etildi

2019 yil 26 aprel kuni soat taxminan 02:30 da, noma’lum shaxslar Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tuman hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro F.F.ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashina yukxonasidan 48.000.000 so'm miqdoridagi pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro A.I. va U.T.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech