O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Avtomashinadan o’g’rilik sodir etildi

2019 yil 3 yanvar kuni soat taxminan 16:00 da, noma’lum shaxs Toshkent shahar Shayxontohur tuman hududida fuqaro T.Sh. tomonidan eshiklari ochiq holatda qarovsiz qoldirilgan “Spark” rusumli avtomashina ichidan 600.000 so’m miqdoridagi pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro Sh.D. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech