O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan talonchilik sodir etildi

2018 yil 25 dekabr kuni soat taxminan 20:30da, ikki nafar noma’lum shaxs Surxondaryo viloyat Qumqo’rg’on tuman hududida voyaga yetmagan M.S.ni kuch ishlatish bilan qo’rqitib, uning “Samsung” rusumli uyali telefonini tortib olib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro U.J. va J.Sh.lar sodir etganliklari aniqlanib, ular ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib,ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech