O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoramol egasiga qaytarildi

2018 yil 13 oktyabrdan 14 oktyabrga o’tar kechasi, noma’lum shaxs Surxondaryo viloyat Sho’rchi tumanida yashovchi fuqaro S.Z.ning uyiga g’ayriqonuniy ravishda kirib, hovlisidan bir bosh qoramolini o’g’irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro I.B sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech