O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mahalladagi janjal

2018 yil 31 dekabr kuni soat taxminan 23:10da, fuqaro K.M. mast holatda Qoraqalpog’iston Respublikasi Shumanay tuman hududida bo’la turib, tanishi M.K. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning yuz va tanasining turli qismlariga qo’llari bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada M.K. hodisa joyida vafot etgan. K.M. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech