O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tanishlar o’rtasidagi janjal

2018 yil 20 dekabr kuni soat taxminan 18:00da, fuqaro X.N. Farg’ona viloyat Qo’qon shahri hududida bo’la turib, tanishi S.S. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada S.S. kasalxonaga yotqizilgan. X.N. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi  (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech