
Qo’shnilar o’rtasidagi janjal
2019 yil 6 may kuni soat taxminan 06:30 da, fuqaro B.A. Buxoro viloyat Qorako’l tuman hududida bo’la turib, qo’shnisi Q.G’. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning tanasini turli joylariga urib-tepib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada Q.G’. kasalxonaga yotqizilgan. B.A. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti