O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Maktab o’quvchisi jinoyat sodir etdi

2018 yil 28 oktyabr kuni soat taxminan 20:20da, voyaga yetmagan B.G’. Farg’ona viloyati Qo’qon shahrida joylashgan “Turon” to’yxonasida voyaga yetmagan F.X. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada F.X. kasalxonaga yotqizilgan, B.G’. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech