O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqandda ikki fuqaro telefon apparati uchun uyga bostirib kirishdi

Samarqand viloyati. 2022 yil 05 mart kunidan 06 mart kuniga o‘tar kechasi soat 00:30 larda 22 yoshli A.Sh. o‘zganing mulkini ochiqdan ochiq talon-toroj qilish maqsadida, tanishi 20 yoshli U.R. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Samarqand shahar X.Sheroziy mahallasida yashovchi 22 yoshli M.T.,ni yashash uyiga birgalikda borib, uy eshigini taqillatib, M.T. uy eshigini ochganidan foydalanib, uning qarshiligiga qaramasdan, uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirishib, unga tan jarohati yetkazishib, qo‘lida bo‘lgan 550.000 so‘mlik “Samsung-A3” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanliklari aniqlangan.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Samarqand filiali tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra, fuqaro M.T.,ga “yengil” tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan yuqoridagi shaxslar ushlanib, talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan “Samsung-A3” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qonunbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 3-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech