O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sayirga emas, ovga

Namangan viloyati. 2022 yil 02 may kuni soat 12-00 da Namangan shahar “Toshyo‘l” ko‘chasida yashovchi 24 yoshli U.Q. o‘zining jinoiy sherigi S.Adashev ko‘chasida yashovchi 22 yoshli S.F. bilan o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, “Zaxiriddin Muxammad Bobur” nomli istirohat bog‘ida yurgan Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 18 yoshli M.A.dan 3 000 000 so‘mlik “Samsung A-12” rusumli telefon apparatini qo‘ng‘iroq qilib olish uchun berib turishini so‘rab, so‘ngra M.A. telefon apparatini bergan vaqtida ulrdar biri telefon egasini chalg‘itib telefon apparatini ochiqdan-ochiq talan-taroj qilib, hodisa bo‘lgan joyidan qochib ketishgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan yuqoridagi shaxslar ushlanib, U.Q.dan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “Samsung A-12” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.Q. va S.F.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech