O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qarovsiz qoldirilgan yuk avtomashinasidan dizel' yoqilg‘isi o‘g‘irlandi, g‘araz niyatli shaxslar ushlandi.

Toshkent viloyati. 2020 yilning 14 fevral' kuni tunda, noma'lum shaxslar,  “Toshkent-Termiz” avtomobil' yo‘lining Chinoz tumani Birlik mahallasi hududidan o‘tuvchi 862 kilometrida, Ukraina fuqarosi 46 yoshli A.K.ning boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk mashinasi qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, uning yoqilg‘i bakidan 700 litr dizel' yoqilg‘isini yashirin ravishda to‘kib olib o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida aniqlanishicha, ushbu jinoyatni 29 yoshli A.Z., 33 yoshli A.X., 30 yoshli B.Yu. va 34 yoshli I.A.lar sodir etganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. G‘araz niyatli shaxslarga nisbatan ayblov e'lon qilingan va ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech