O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Rossiyaga ketish uchun pul zarur bo‘lib qolgan edi...

Samarqand viloyati. Joriy yilning 22 yanvar kuni Samarqand shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga Yoshlar MFYda yashovchi 27 yoshli R.M. ariza bilan murojaat qilib, arizasida 2019 yilning dekabr oyidan 2021 yilning avgust oyiga qadar 21 yoshli A.Sh. u bilan yaqin munosabatda bo‘lib yurganligini, ular o‘rtalarida munosabatlari buzilganidan so‘ng, A.Sh. uning sir bo‘lib qolishni istagan fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib, uydagilariga olib borib ko‘rsatish bilan qo‘rqitib, ushbu fotosuratlarini oshkor qilmaslik evaziga 450 AQSH dollar pul mablag‘larini talab qilib kelayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida A.Sh. Samarqand shahar Rudaki ko‘chasida joylashgan “Buyuk humo” restorani yonida fuqaro R.M.,dan talab qilingan 450 AQSH dollaridan maxsus kimyoviy ishlov berilgan 250 AQSH dollari va 500.000 so‘m pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.Sh.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Sh. jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.

Tergov jarayonida A.Sh., Rossiya Federatsiyasiga ketish uchun pul zarur bo‘lib qolganligi sababli ushbu jinoyatga qo‘l urganligini maʼlum qilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech