O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ona o’z farzandini sotmoqchi bo’ldi

2018 yil 5 noyabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent shahar Yashnobod tumani hududida fuqaro Y.N. o’zining 04.11.2017 yilda tug'ilgan farzandini 1.000 AQSh dollari evaziga arizachi “A”ga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish o'n sakkiz yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech