Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Gʼiybatning oqibatimi yoki oʼzboshimchalikmi...

Toshkent shahri. 2021 yilning 27 mart kuni soat 16:00 larda 20 yoshli Mirzaakrom D., va 26 yoshli Murodilla S.,lar Uchtepa tumanida joylashgan jamoat joyi hisoblangan 236-sonli maktabning oldida, 28 yoshli Doston Sh.,ni haqorat qilib, uning yuz qismiga urib jarohat yetkazganlar.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Mirzaakrom D., va Murodilla S.,larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2–qismi “b” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatning kelib chiqishiga Doston Sh., Murodilla S.,ning turmush oʼrtogʼi haqida gʼiybat tarqatganligi sabab boʼlganligi aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech