O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sohta tadbirkorlarga ishonib qolish natijasi

Buxoro. 2020 yilning 09 mart kuni 59 yoshli N.K. Buxoro shahar IIO FMBga murojaat qilib, o‘z murojaatida,  2018 yil sentyabr' oyida Xorazm viloyatida yashovchi, 53 yoshli D.O. undan umumiy qiymati 138.560.000 so‘mlik sement mahsulotini sotib pulini olib kelib berish sharti bilan olib ketib, sement mahsulotlarini sotib yuborib pullarini o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. N.K. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech