O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Rejaga asosan ikki erkak va bir ayol bo‘lishi kerak edi

Qashqadaryo viloyati. 2023 yil 9 iyun kuni 37 yoshli M.G‘. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilib, unda joriy yilning 02 iyun kuni soat 11:30 larda, Qarshi shahri “Mustaqillik” MFY hududidan o‘tib ketayotgan vaqtida 2 nafar nomaʼlum shaxslar unga hujum qilib, unga teshishli bo‘lgan narxi 4 mln. 400 ming so‘mlik “Honor-X8A” rusumli telefon apparati va 1 mln. so‘m pullarini tortib olib, qochib ketganligini bildirib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini hamda telefon apparati va pullari topib berishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan 36 yoshli M.E.(erkak), 40 yoshli Sh.M. (erkak) va 36 yoshli E.Z.lar (ayol) sodir qilganliklari aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilar so‘roq qilinib, ulardan mazkur jinoyatni sodir qilinish tafsilotlari so‘ralganida, ular ushbu jinoyatni sodir etish maqsadida oldindan jinoiy reja tuzganliklari aniqlangan.

Rejaga asosan E.Z. (ayol) jabrlanuvchiga go‘yoki “yaqindan tanishamiz”-deb, uni aldab, archazor ichiga olib borishi zarur bo‘lganligi, u yerda esa M.E. va Sh.M.lar ular yoniga kelib jabrlanuvchi M.E.ga guyoki E.Z.ning turmush o‘rtog‘i ekanligini aytib, jabrlanuvchi bilan o‘zaro tortishib, unga tegishli bo‘lgan pullarini va telefon apparatini ochiqdan ochiq talon-toroj qilib, voqea joyidan yashirinishlari zarur bo‘lgan.

Talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan telefon apparati qonunbuzarlar tomonidan keyinchalik 300.000 so‘mga sotilganligi maʼlum bo‘lgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muallif: Muborak tumani IIB huzuridagi

Tergov guruhi tergovchisi mayor F.Saloxov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech