O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kuch ishlatib pul ishlashmoqchi bo‘lishdi

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 09 may kuni soat 00:20 larda 31 yoshli Q.Gulasal Farg‘ona shahri Sarxad ko‘chasida joylashgan yashash xonadoniga Bozorboshi ko‘chasi bo‘ylab kelayotgan vaqtida uning orqasidan ikki nafar nomaʼlum shaxslar kelib, hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, qo‘lidagi narxi 800 000 so‘mlik “Samsung J 2” rusumli telefon apparati, ichida jami 377 000 so‘m pullari va fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Oltiariq tumanida yashovchi 18 yoshli M.Abbos va 19 yoshli R.Jamoliddinlar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan Q.Gulasalning fuqarolik pasporti ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.Abbos va R.Jamoliddinlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) va 227-moddasi (Hujjatlarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish)bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech