Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Birovning qaygʼusidan foyda koʼrmoqchi boʼldi

Navoiy. 2020 yilning yanvar oyi oʼrtalarida 32 yoshli N.X. (ayol) Navoiy shahri hududida joylashgan kafelarning birida 40 yoshli X.I. bilan tanishib, X.I., ning Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Ufa shahrida vafot etgan akasining murdasini Oʼzbekiston Respublikasi Navoiy viloyatiga olib kelib berishni vaʼda qilib, 2020 yilning may oylariga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida turli bahonalar bilan aldab X.I., ning ishonchiga kirib, X.I., dan jami 29.820.000 soʼm va 200 АQSh dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritgan.

Bundan tashqari, N.X., oʼzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasi (yolgʼon xabar berish) bilan ogohlantirilishiga qaramasdan, 2020 yil 16 may kuni Navoiy shahar IIB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 13:00 larda tanishi X.I., uning uyiga kelib, unga yengil shikast yetkazib, umumiy bahosi 16.150.000 soʼmlik turli xildagi tilla taqinchoqlarini talonchilik yoʼli bilan qoʼlga kiritganligi haqida maʼlum qilib, jinoyat toʼgʼrisida bila turib yolgʼon xabar bergan, aslida u ayblovning sunʼiy dalillarini vujudga keltirgan holda gʼarazgoʼylik niyatlarida, shaxsni ogʼir yoki oʼta ogʼir jinoyat sodir etishda ayblab, oʼziga-oʼzi “engil” tan jarohatlari yetkazishga erishgan.

Sudga oid biologiya ekspertiza xulosasiga koʼra, “N.X.,ning har ikkala qoʼl barmoqlaridan olingan tirnoq qirqmalarida oʼzining teri va qon dogʼlari mavjud” ligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan qoʼzgʼatilgan jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari davomida Navoiy shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan fuqaro N.X.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik), 237-moddasi, 2-qismi “a,b,g” bandlari (yolgʼon koʼrsatma berish), 238-moddasi 3-qismi “b” bandi (Yolgʼon guvohlik berish) va 139-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari (tuhmat) bilan ayblov eʼlon qilingan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech