O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Repetitor” yoki dallol buni tergov aniqlaydi

Toshkent shahri. Mirobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, fuqaro 42 yoshli Muqaddas A., qizi 18 yoshli Umida O.,ni Nig‘mat U., ismli o‘qituvchisi institutga kirishi uchun o‘quv fanlardan “repetitorlik” asosida tayyorlab yurib, yetarli ball to‘play olmaganligi sababli, unga tanishi 23 yoshli Shaxboz S., chet elda joylashgan oliy o‘quv yurtlaridan biriga imtihonsiz joylab qo‘yishda yordam berishini aytib, Shaxboz S., bilan tanishtirgan va 2020 yilning 30 avgust kuni Mirobod tumanida joylashgan Oybek metro bekati oldida Shaxboz S., haqiqatdan ham uning qizini chet elga o‘qishga kiritib qo‘yishini vaʼda qilib, 4 500 AQSH dollar pullarini olib bergan vaʼdasini bajarmaganli aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan mazkur fuqarolarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech