O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Nafaqaxoʼrlarga qoʼl koʼtargan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati. 2020 yil 12 aprel soat 23:30 da muqaddam bir necha marotaba sudlangan 28 yoshli X.X., mast xolda spirtli ichimlik taʼsirida, Nurafshon shahar Navroʼz mahallasida yashovchi, 88 yoshli Z.А., ning xonadoniga deraza orqali gʼayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonadagi shkaflarini ochib moddiy qimmatliklarni qidirayotgan vaqtida Z.А., bu harakatlarini sezib qolganida X.X., qoʼllari bilan Z.А., ning bosh qismiga urib, oyoqlari bilan tepib, uning turmush oʼrtogʼi 85 yoshli M.А., ga hayot va sogʼliq uchun xavfli boʼlgan zoʼrlik ishlatib, tokchada turgan qaychi bilan uning qoʼllarini kesib, tan-jarohati yetkazgan.

Hodisa joyidan 3 dona barmoq izlari, bir dona qaychi, X. X., ga tegishli boʼlgan qora rangli qishki kepka, oyoq izlari, qon surtmalari tegishli tartibda olingan.

Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, X.X., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech