O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bemehr ota

2018 yil 29 oktyabr kuni soat taxminan 18:30da, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro X.M. o’z uyida turmush o’rtog’i S.M. bilan o’rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning tanasini turli joylariga qo’li bilan urayotgan vaqtida ularni ajratmoqchi bo’lgan voyaga yetmagan farzandlari N.F. va N.Sh.larning bosh qismiga belkurak bilan urib, og’ir tan jarohati yetkazgan. Natijada N.F. va N.Sh.lar kasalxonaga yotqizilgan, X.M. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a” bandi (ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan qasddan badanga og'ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech