O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Spirtli ichimlik isteʼmol qilish fojia bilan yakun topdi.

Surxоndaryo. 2020 yil 28 yanvar kuni taxminan soat 21:00 larda, Termiz tumani “Yangi hayot” mahallasida yashovchi fuqaro 41 yoshli R.N. (ayol) tanishi 36 yoshli E.L.ni uyiga mehmonga chaqirib, birgalikda spirtli ichimliklar isteʼmol qilishgan, hamda oʼzaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qolishib, janjal vaqtida E.L. fuqaro R.N.ni tanasining turli joylariga bir-necha marotaba qoʼli va oyoqlari bilan urib, tepib, oʼta shafqatsizlik bilan doʼpposlab unga tan jarohati yetkazgan. Voqeadan soʼng fuqaro R.N. uyidan chiqib ketib, taxminan 600 metr masofa yurib, yerga yiqilgan va ichki aʼzolari, bosh miyasiga yetkazilgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan E.L.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «v» bandi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech