O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

2 oy avvalgi o‘g‘irlik fosh qilindi, jinoyatchi ushlandi

Navoiy. 2019 yilning 28 dekabr' kuni soat 09.00 dan 18.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Karmana tumanida joylashgan 45 yoshli fuqaro Z.M. (ayol) uyi darvozasining qulfini buzib, uyga kirib, yotoqxonada bo‘lgan 9.800.000 so‘m naqd pullarni va qiymati 9.200.000 so‘mlik zargarlik buyumlarini talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida mazkur jinoyatni Qiziltepa tumanida yashovchi, 29 yoshli G‘.R. sodir etganligi aniqlangan.

G‘.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech