O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Koʼp epizodli oʼgʼirlik jinoyati fosh qilindi

Navoiy. 2019 yil 5 dekabrь kuni noʼmalum shaxs Navoiy shahar Nizomiy koʼchasidagi uylarning biriga kalit tanlash yoʼli bilan gʼayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonada boʼlgan oq rangli temir seyf ichidagi fuqaro X.Q.,ga tegishli fuqarolik pasporti, bir dona bahosi 500.000 soʼmlik ayollar tilla uzugi, 13.000.000 soʼm va 220 АQSh dollar pullarini yashirin ravishda qoʼlga kiritib, jami 15.592.000 soʼm miqdorida moddiy zarar yetkazib hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 05 dekabrь kuni Navoiy shahri boʼyicha IIO FMB 4-sonli IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni M.G. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov jarayonida M.G. muqaddam xuddi shunga oʼxshash yana 3 ta oʼgʼirlik jinoyatlarini sodir etganligi aniqlanib undan oʼgʼirlangan boyliklarning bir qismi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech